Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки



Pdf көрінісі
бет205/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
115
ochadi. Ma‘no va so‗z aloqasi poetik g‗oya tabiatini oydin-
lashtiradi. Unda mushohada va his-tuyg‗u nisbati asosiy 
omil hisoblanadi. Ifoda va tasvir bir-biriga o‗tib turishi 
tasavvur idroki dialoglashishini hosil qiladi. Undagi 
tushunchaning ta‘sir o‗tkazish darajasi esa masala 
mohiyatini aniqlashtiradi: 
Deydilarki, bahor boshlanar, 
Jilg‗alarning sho‗x kulgusidan. 
Boychechakning tabassumi-yu 
Kurtaklarning tug‗ilgusidan [6:28]. 
Farida Afro‗z adabiy talqinida yangilanish va yasharish 
pallasi – bahor kirib kelishi jarayonini o‗z maqsadiga 
bo‗ysundiradi: ―Deydilarki‖ ta‘kidi bilan ibtidolanadigan 
mushohadada bahs-munozara 
mezoni ustuvor, to‗rt 
banddan iborat she‘r adog‗ida shoira tavsiflarni inkor etadi 
(Bu so‗zlarning barisi bekor!). Uning nazdida, bahor 
―ishqqa tashna, yaxshilikka o‗ch‖ yurakdan boshlanadi. 
―Jilg‗alarning sho‗x kulgusi, boychechakning tabassumi-yu 
kurtaklar tug‗ilgusi‖ bari bekor, muallif jozib muqoyasalar 
vositasida (yalpizlarning bo‗yi, shabboda kuyi, jambil 
bo‗yli kunlar, quchog‗ida bir dunyo sirlar, ko‗ngli g‗uncha 
tunlar) inson irodasi hamda yorug‗ istiqbolga ishonch 
hissini tarannum etadi. She‘r satrlarida ichki uyg‗unlik, 
mantiqiy izchillik mavjud: Deydilarki, keladi bahor, 
Tog‗lar oshib, adirlar oshib!. Matnda tasvir obyekti faqat 
axborot uzatish vositasi bo‗lib qolmasdan, balki salmoqli 
mantiqiy-hayotiy-ramziy mohiyat tashiydi. 
Kuzatishlardan anglashiladiki, she‘riyatda dialog badiiy 
matn tahlilida tayanch markaz vazifasini bajaradi. Ifoda 
mustaqilligini 
ta‘minlaydigan 
va 
tasvir 
ruhiyatini 
belgilaydigan nutq shakli axborotni uzatish – qabul qilish 
jarayonini qamrab oladi. Muallif – matn – kitobxon 
munosabati lirikada badiiy kommunikatsiya vujudga 
kelishini ta‘minlaydi. Mavjud vaziyatda aloqa jarayoni 
bevosita va bilvosita ravishda amalga oshadi. Badiiy nutq 
tiplari 
aslida 
ijtimoiy-estetik 
mohiyatni 
baholashga 
ixtisoslashtirilgan bo‗ladi. Shu ma‘noda, tuyg‗u va fikr 
oqimini bir-biriga muvofiqlashtirishda monolog va dialog 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ruhiy holat manzarasini 
uyg‗un va jozibali, ixcham va lo‗nda, teran va tarang 
ifodalash 
mayli 
rivoya 
texnikasi 
vazifadoshligini 
ta‘minlaydi. Unda til hodisasi, badiiyat mezoni hamda 
ijtimoiy salmoq yaxlitlik kasb etadi. Aynan hissiy idrok va 
aqliy salohiyatni birlashtirish murakkab jarayon sifatida 
estetik munosabat uslubiy yurishlarini boshqarishga xizmat 
qiladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет